Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

TANA VENALARINING EMBRIONAL TARAQQIYOTI VA ASOSIY ANOMALIYALARI

Soatmurod BoyqobilovTermiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti, Morfologik fanlar kafedrasi o'qituvchisiZilola Turanova
ABI

Аннотация

Tana venalarining embrional taraqqiyoti murakkab, bosqichma-bosqich kechadigan va organizmning keyingi gemodinamik hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jarayondir. Venoz tizim embrion rivojlanishining dastlabki haftalaridan boshlab shakllanadi va dastlab simmetrik ko‘rinishda bo‘lgan venoz tomirlar keyinchalik qayta tuzilish, regressiya, anastomozlar hosil bo‘lishi va ayrim segmentlarning saqlanib qolishi orqali kattalar organizmidagi murakkab vena tizimini hosil qiladi. Ayniqsa oldingi kardinal venalar, orqa kardinal venalar, subkardinal, suprakardinal va vitellin venalar yuqori kovak vena, pastki kovak vena, azygos tizimi, buyrak venalari, jigar venalari va portal vena tizimi shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.Mazkur maqolada tana venalarining embrional rivojlanishi, venoz tizimning qayta tashkil topish mexanizmlari, pastki va yuqori kovak venaning shakllanishi, azygos va hemiazygos tizimlarining rivojlanishi hamda asosiy tug‘ma venozanomaliyalar ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, vena anomaliyalarining klinik ahamiyati, ularning tasviriy diagnostikada aniqlanishi, jarrohlik va invaziv muolajalardagi xavflari, kardiologiya, radiologiya, embriologiya va anatomiya fanlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0