PAST PATOGENLI PARRANDA GRIPPI KASALLIGIGA QARSHI EMLANGAN JO'JALAR ORGANIZMIGA INNOPROVET PROBIOTIGINING TA'SIRI
Аннотация
UDK: 636.5:619:616.98:578.833.1:615.331 PAST PATOGENLI PARRANDA GRIPPI KASALLIGIGA QARSHI EMLANGAN JO‘JALAR ORGANIZMIGA INNOPROVET PROBIOTIGINING TA’SIRI Axmedov Baxodir Nazarovich v.f.n., katta ilmiy xodim, VITI Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi Murodov Xurshid Uktamovich v.f.f.d., katta ilmiy xodim, VITI Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi Sherqulov A’zam Mirzoqul o‘g‘li tayanch doktorant, VITI Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi https://doi.org/10.5281/zenodo.20624659 Annotatsiya: Maqolada sanoatlashgan parrandachilikda va fermer xo‘jaliklarida boqilayotgan Loman Braun zot jo‘jalariga Gallimune H9+ND past patogenli parranda grippi vaksinasi bilan emlash va Innoprovet probiotigini qo‘llash orqali parranda grippi kasalligiga qarshi samarali immunoprofilaktika jarayonini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Emlash va Innoprovet qo‘llanilgandan so‘ng 7 va 14-kunlarda barcha jo‘jalardan qon namunalari olindi hamda GATR (gemagglutinatsiyani tormozlash reaksiyasi) tahlili yordamida ularning immunitet holati baholandi. Tajriba guruhlaridagi parrandalarda nazorat guruhiga nisbatan antigemagglutinin (antitana) titrlari sezilarli darajada oshganligi aniqlandi. Tadqiqotlarning 14-kunida antitana titrlarining barqaror va yuqori darajada saqlanishi jo‘jalarda kuchli va uzoq davom etuvchi immunitet shakllanayotganligini namoyon qildi. Shuningdek, tajriba guruhidagi jo‘jalarda tirik vazn ortishi nazorat guruhiga nisbatan barqaror yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: jo‘jalar, parranda grippi kasalligi, Gallimune H9+ND past patogenli parranda grippi vaksinasi, Innoprovet, probiotik, immunitet, immunoprofilaktika, antigen, antitana, antigemagglutinin, serologiya.
Перевод пока недоступен