ANIQ INTEGRALNI KING FORMULASI YORDAMIDA HISOBLASH
Аннотация
Ushbu maqolada aniq integrallarni hisoblashda samarali usullardan biri hisoblangan “King xossasi” tahlil qilinadi. Maqolada xossaning matematik isboti, uning geometrik mazmuni va murakkab ko‘rinishdagi ayniqsa, trigonometrik va logarifmik integrallarni yechishdagi afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, standart usullar bilan hisoblash qiyin bo‘lgan misollarda King xossasini qo‘llashning strategiyasi bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, King xossasini qo‘llash hisoblash jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va integrallar chegaralari orasidagi simmetriyadan foydalanish imkonini beradi. Maqola oliy ta’lim talabalari va matematika fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.
Перевод пока недоступен