OROL DENGIZI QURIGAN TUBI TUPROQ-GRUNTLARIDA ZAHARLI TUZLARNING TARQALISHI VA EKOLOGIK-MELIORATIV BAHOSI
Аннотация
Ushbu maqolada Orol dengizi qurigan tubida shakllangan tuproq-gruntlarning ekologik-meliorativ holati hamda ularda zaharlituzlarning tarqalish qonuniyatlari tahlil qilingan. Olib borilgan dala tadqiqotlari jarayonida tuproq kesmalari tavsiflanib, genetikqatlamlar bo‘yicha namunalari olindi hamda 1:200 000 masshtabdagi “Orol dengizi qurigan tubi tuproq-gruntlarida zaharlituzlarning tarqalishi xaritasi” tuzildi. Olingan natijalarga ko‘ra, tadqiq etilgan 4,26 mln gektar maydon zaharli tuzlar miqdorigaqarab kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va juda yuqori darajada sho‘rlangan hududlarga ajratildi. Hududning 41,5 % qismi kuchli va judakuchli sho‘rlanish darajasiga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, sho‘rlanish jarayonlari tuproqning mexanik tarkibi,gidrogeologik sharoit va kuchli bug‘lanish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari asosidaqurigan tub hududlarini ekologik-funksional zonalarga ajratish, galofit o‘simliklarni rivojlantirish, ihota saksovulzorlarini barpoetish hamda yaylovlardan ilmiy asoslangan tarzda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Перевод пока недоступен