YUZ-JAGʻ TRAVMALARIDAN KEYINGI ASORATLAR: TISH, JAGʻ NEKROZI VA PERIODONTAL JAROHLATLAR TAHLILI
Аннотация
UO‘K: 616.716-001:616.314-002:616.314.18 YUZ-JAGʻ TRAVMALARIDAN KEYINGI ASORATLAR: TISH, JAGʻ NEKROZI VA PERIODONTAL JAROHLATLAR TAHLILI Yusupjanova Nigora Davrbek qizi Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universitet assistenti, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi 64 uy, Farg‘ona, O‘zbekiston, E-mail: [email protected] E-mail: [email protected] Maxkamov Shohboz Rustamjon o‘g‘li Farg‘ona viloyat Ko‘p Tarmoqli Tibbiyot Markazi, Travmatologiya va Ortopediya bo‘limi, travmatolog-ortoped shifokori E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18213402 Annotatsiya: Yuz-jagʻ sohasi travmalari zamonaviy tibbiyotda dolzarb muammolardan biri boʻlib, ularning oqibatida yuzaga keladigan asoratlar stomatologiya va jagʻ-yuz jarrohligi amaliyotida murakkab patologik jarayonlarni shakllantiradi. Ushbu ilmiy maqolada yuz-jagʻ travmalaridan keyin rivojlanadigan tish va jagʻ suyaklari nekrozi, periodontal toʻqimalar shikastlanishi hamda ularning anatomik va patofiziologik asoslari tahlil qilinadi. Travmatik omillar ta'sirida yuz-jagʻ sohasini qon bilan ta'minlanishi buzilishi, suyak va yumshoq toʻqimalarda trofik yetishmovchilik yuzaga kelishi nekrotik jarayonlarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Periodontal toʻqimalarda yalligʻlanish, mikrotsirkulyatsiya izdan chiqishi va harorat oʻzgarishlari patologik jarayonning chuqurlashuviga olib keladi. Maqolada yuz-jagʻ travmalarining turlari, sinish mexanizmlari, davolash jarayonida uchraydigan asoratlar va ularning statistik dolzarbligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Ushbu tahliliy ish yuz-jagʻ travmalarining uzoq muddatli oqibatlarini tushunishda nazariy asos boʻlib xizmat qiladi. Kalit so‘lar: yuz-jagʻ travmasi, jagʻ nekrozi, periodontal jarohat, sinish, mikrotsirkulyatsiya, yalligʻlanish, harorat, osteonekroz, travmatik omil, qon ta'minoti, suyak rezobsiyasi.
Перевод пока недоступен