PYTHON DASTURLASH TILI YORDAMIDA TERMODINAMIK JARAYONLARDA ISSIQLIK TARQALISHINI MODELLASHTIRISH
Аннотация
Ushbu maqolada bir o‘lchamli termodinamik tizimda issiqlik tarqalish jarayoni Python dasturlash tili yordamida raqamli modellashtirildi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasi chekli farqlar usuli (Finite Difference Method, FDM) asosida yechildi. Dastlab sterjen markazida joylashgan lokal issiqlik manbai berilib, haroratning vaqt va fazo bo‘yicha evolyutsiyasi tadqiq etildi. Olingan natijalar 1D, 2D (yuqoridan ko‘rinish) va 3D vizualizatsiyalar yordamida tahlil qilindi. Natijalar issiqlikning simmetrik tarqalishini hamda tizimning termodinamik muvozanat holatiga yaqinlashishini ko‘rsatadi. Ushbu ish Python dasturlash tilining fizika va termodinamika sohalarida raqamli modellashtirish uchun samarali vosita ekanligini namoyon etadi.
Перевод пока недоступен