AVTOMOBIL YO'LLARI BO'YIDAGI EKOLOGIK IFLOSLANISHNING PLATYCLADUS ORIENTALIS (L.) FRANCO O'SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBIGA TA'SIRI
Аннотация
Mazkur tadqiqot avtomobil yo‘llari bo‘yidagi ekologik ifloslanishning Platycladus orientalis (L.) Franco o‘simligining kimyoviy tarkibiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ekologik toza hudud hamda avtomobil transporti qatnovi yuqori bo‘lgan yo‘l bo‘yi hududlarida o‘suvchi o‘simlik namunalaridan tayyorlangan spirtli va xloroformli ekstraktlar solishtirma tahlil qilindi. Olingan ekstraktlar FT-IR spektroskopiya usuli yordamida tahlil qilinib, ekologik stress ta’sirida yuzaga keladigan metabolik o‘zgarishlar baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, avtomobil yo‘llari yaqinida o‘suvchi Platycladus orientalis namunalarida fenol hosilallari, flavonoid va terpenoid birikmalar miqdori sezilarli darajada ortgan. Bu holat transport chiqindilari, og‘ir metall ionlari va gazsimon ifloslantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan oksidlovchi stressga javoban himoya mexanizmlarining faollashuvi bilan izohlanadi. Ayniqsa, spirtli ekstraktlarda fenol birikmalarning ko‘pligi, xloroformli ekstraktlarda esa lipofil va aromatik komponentlarning ustunligi aniqlangan.
Перевод пока недоступен