TIBBIY TA'LIMDA AN'ANAVIY VA SIKL (BLOK) ASOSIDA O'QITISH TIZIMLARINING QIYOSIY TAHLILI: AFZALLIKLAR VA KAMCHILIKLAR
Аннотация
TIBBIY TA’LIMDA AN’ANAVIY VA SIKL (BLOK) ASOSIDA O‘QITISH TIZIMLARINING QIYOSIY TAHLILI: AFZALLIKLAR VA KAMCHILIKLAR Inomov Kodirxon Saidmamatovich University of Business and Science Tibbiyot fakulteti, Tibbiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18514666 Annotatsiya: Ushbu tadqiqot tibbiy ta’lim jarayonida an’anaviy (semestr davomida parallel fanlar) va sikl (blok/modul) tizimlarining samaradorligini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot "University of Business and Science" Tibbiyot fakulteti, Davolash ishi yo‘nalishining 23-01 (an’anaviy) va 23-02 (sikl) guruhlari talabalari ishtirokida o‘tkazildi. Tadqiqot metodologiyasi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA) tahlili va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarni o‘z ichiga oladi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sikl tizimi klinik fanlarni chuqur o‘zlashtirish va diqqatni jamlashda ustunlikka ega bo‘lsa, an’anaviy tizim fundamental bilimlarni uzoq muddatli xotirada saqlash va fanlararo integratsiyada o‘ziga xos afzalliklarga ega. Maqolada ikkala tizimning ijobiy va salbiy tomonlari yoritilib, gibrid yondashuvni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: tibbiy ta’lim, an’anaviy o‘qitish, sikl tizimi, modulli o‘qitish, akademik o‘zlashtirish, University of Business and Science.
Перевод пока недоступен