Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

O'ZBEK VA INGLIZ XALQ ERTAKLARIDA MADANIY KODLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI

ABI

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz xalq ertaklaridagi madaniy kodlar lingvokulturologik yondashuv asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalq ertaklari milliy madaniyat, mentalitet va qadriyatlarni aks ettiruvchi muhim lingvistik manba sifatida qaraladi. Maqolaning asosiy maqsadi o‘zbek va ingliz xalq ertaklarida uchraydigan madaniy kodlarni aniqlash, ularning til birliklari orqali ifodalanishini o‘rganish hamda o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqot materiali sifatida o‘zbek va ingliz xalq ertaklarining tanlab olingan namunalaridan foydalanildi. Tahlil jarayonida lingvokulturologik, qiyosiy-tavsifiy hamda semantik metodlar qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek xalq ertaklarida jamoaviylik, sabr-toqat, ota-ona hurmati va halollik madaniy kodlari ustuvor bo‘lsa, ingliz xalq ertaklarida individualizm, jasorat va shaxsiy tanlov kabi madaniy kodlar yetakchi o‘rin egallaydi. Mazkur maqola natijalari lingvokulturologiya, qiyosiy tilshunoslik va folklorshunoslik sohalari uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0