BO'LAJAK FOLKLOR IJROCHILARINI TAYYORLASHDA JIZZAX AN'ANAVIY QO'SHIQCHILIK MAKTABINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Аннотация
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak folklor ijrochilarini tayyorlash jarayonida Jizzax an’anaviy qo‘shiqchilik maktabining didaktik imkoniyatlari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jizzax hududiga xos qo‘shiq namunalari, ularning badiiy-uslubiy xususiyatlari, ijro texnikasi, matn va ohang uyg‘unligi hamda ustoz-shogird an’anasining ta’limiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, an’anaviy repertuarni o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich integratsiya qilish, amaliy mashg‘ulotlarda mahalliy folklor materiallaridan foydalanish, talabalarning vokal-ijrochilik, talqin, sahna madaniyati va etnomadaniy tafakkur kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar asoslanadi. Maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqilgan didaktik modelning tarkibiy qismlari (maqsad, mazmun, metod, vosita va natija) tavsiflanib, uning bo‘lajak folklor ijrochilarining kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishdagi samaradorligi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari folklor ta’limi amaliyotini takomillashtirish, milliy ijrochilik merosini ta’lim orqali uzluksiz davom ettirish hamda yosh ijrochilarda milliy musiqiy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен