YECHILMAYDIGAN PROTEZLARDAN UZOQ MUDDAT FOYDALANUVCHI SHAXSLAR OG'IZ BO'SHLIG'INING ANATOMO-FUNKSIONAL HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Аннотация
Mazkur maqolada yechilmaydigan protezlardan uzoq muddat foydalanuvchi shaxslarning og‘iz bo‘shlig‘i anatomo-funksional holatini kompleks baholashning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy ortopedik stomatologiyada metall-keramika, to‘liq keramik va sirkoniy asosli konstruksiyalar keng qo‘llanilmoqda. Biroq protezlarning uzoq muddatli funksional ta’siri periodontal to‘qimalar, alveolyar suyak, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi, chaynash mushaklari va og‘iz shilliq qavatida morfofunksional o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda xalqaro ilmiy bazalardagi maqolalar, klinik kuzatuvlar va dissertatsiya ishlari asosida protezlardan 5 yildan ortiq foydalanish natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar tizimli ravishda o‘rganildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 5–10 yil davomida foydalanilgan doimiy ko‘prik protezlarida periodontal yallig‘lanish ko‘rsatkichlari 32–47% hollarda aniqlanadi, marjinal suyak rezorbsiyasi esa o‘rtacha 0,8–1,6 mm ni tashkil etadi. Okkluzion yuklamaning notekis taqsimlanishi esa temporomandibulyar disfunktsiyalar xavfini 18–24% gacha oshiradi. Maqolada anatomo-funksional baholash mezonlari, gigiyenik indekslar, rentgenologik tahlil va elektromiografik tekshiruvlarning ahamiyati yoritilgan. Kompleks yondashuv protezlarning uzoq muddatli prognozini aniqlash, asoratlarni erta tashxislash va reabilitatsiya samaradorligini oshirish imkonini beradi
Перевод пока недоступен