MAXSUS PEDAGOGIKADA BOLALAR NUTQINI AVTOMATIK BAHOLASH UCHUN VIZUAL-AUDIO TAYANCHLARGA ASOSLANGAN RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING PEDAGOGIK SALOHIYATI
Аннотация
Mazkur maqolada bolalar nutqini rivojlantirish va baholashga qaratilgan raqamli dastur funksional imkoniyatlari yoritiladi. Dastur maxsus pedagogika va logopediya amaliyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, nutqiy mashqlarni vizual va audio tayanchlar asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan.Dasturda har bir o‘rganilayotgan so‘z rasm ko‘rinishida taqdim etilib, uning daktil ishoradagi ifodasi va etalon talaffuzi bilan birgalikda namoyish etiladi. Bola etalon talaffuzni eshitgach, so‘zni mustaqil ravishda aytadi va uning nutqi mikrofon orqali yozib olinadi. Yozib olingan nutqiy signal avtomatik tarzda qayta ishlanib, etalon talaffuz bilan solishtiriladi hamda talaffuzning mos yoki mos emasligi aniqlanadi.Nutqni tahlil qilish jarayonida ovoz signali vaqt va amplituda bo‘yicha grafik shaklda vizualizatsiya qilinadi, bu esa mutaxassisga talaffuz jarayonini obyektiv kuzatish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari rasm, daktil ishora va audio talaffuzni birlashtirgan multimodal yondashuv bolalarning nutqiy faolligini oshirish va talaffuz aniqligini baholash jarayonini samarali tashkil etishga imkon berishini ko‘rsatadi. Ushbu dastur maxsus pedagogika sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning amaliy imkoniyatlarini kengaytiradi.
Перевод пока недоступен