QORIN OLD DEVORI QON TOMIRLARINING TOPOGRAFIK JOYLASHUVI VA ULARNING XIRURGIK AMALIYOTDAGI AHAMIYATI
Аннотация
UDK: 611.94:611.14:617.55 QORIN OLD DEVORI QON TOMIRLARINING TOPOGRAFIK JOYLASHUVI VA ULARNING XIRURGIK AMALIYOTDAGI AHAMIYATI Tuxtanazarova Shavkiya Ibatovna t.f.n. dotsent, ZARMED universiteti Djumayev Aloxiddin Umirzakovich Assistant, ZARMED universiteti Djumayev Nizomitdin Umurzakovich t.f.n., ZARMED universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.18722234 Annotatsiya: Qorin old devori qon tomirlarining topografik joylashuvi xirurgik amaliyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, turli xil operativ aralashuvlar vaqtida qon ketish asoratlarini oldini olishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada qorin old devorining yuzaki va chuqur qon tomirlari, jumladan, epigastrik arteriyalar va ularning anatomik variantlari topografik-anatomik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida qon tomirlarning mushak va fastsiya qatlamlariga nisbatan joylashuvi, ularning individual anatomik o‘zgaruvchanligi hamda operativ kesmalar bilan o‘zaro munosabatlari o‘rganiladi. Olingan natijalar qorin bo‘shlig‘iga kirish yo‘llarini ilmiy asosda tanlash, laparoskopik va ochiq operatsiyalar davomida tomir shikastlanishlarini kamaytirish hamda operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini pasaytirishga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqot natijalari amaliy xirurgiya va operativ anatomiyani o‘qitish jarayonida ham qo‘llanishi mumkin. Kalit so‘zlar: Qorin old devori, qon tomirlari, topografik anatomiya, epigastrik arteriyalar, xirurgik kirish yo‘llari, operativ xirurgiya, anatomik variantlar, qon ketish asoratlari, laparoskopiya.
Перевод пока недоступен