Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

SUN'IY INTELLEKTNING TIBBIYOT OLIYGOHLARIGA JORIY ETILISHI: AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Mirhokim Mirsobirovich Po'latovTibbiyot fanlari nomzodi Dotsent. TDTU 3-Davolash ishi fakulteti. Ilmiy raxbarMahzumabonu Muzaffarbek qizi HayrullayevaTDTU 3-Davolash ishi 403 guruh talabasi
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada sun’iy intellektning tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga joriy etilishining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilish yo‘nalishlari, afzalliklari va mavjud kamchiliklari tahlil qilingan. Sun’iy intellekt tushunchasining shakllanishi 1956-yilda Dartmouth Universityda o‘tkazilgan ilmiy konferensiya bilan bog‘liq bo‘lib, unda John McCarthy tomonidan mazkur atama ilmiy muomalaga kiritilgan. Maqolada sun’iy intellektning tibbiyot ta’limidagi o‘rni, xususan, nazariy fanlarni o‘qitish, klinik simulyatsiyalar, virtual bemorlar, individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellektning ta’lim sifatini oshirish, baholashning obyektivligini ta’minlash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish va masofaviy ta’limni rivojlantirishdagi ustunliklari ko‘rsatib berilgan. Biroq, inson omilining kamayishi, empatiya va klinik muloqot ko‘nikmalarining yetarli darajada shakllanmasligi, texnik va moliyaviy cheklovlar, ma’lumotlar xavfsizligi hamda axloqiy-huquqiy masalalar kabi muammolar ham tahlil qilingan. Maqolada Eric Topol hamda Stuart Russell qarashlari asosida sun’iy intellekt va inson omili o‘rtasidagi muvozanatni saqlash zarurligi asoslab berilgan. Xulosa sifatida sun’iy intellekt tibbiyot ta’limining ajralmas qismiga aylanishi mumkinligi, biroq uni joriy etishda pedagogik, axloqiy va kasbiy tamoyillarni inobatga olish muhimligi ta’kidlangan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0