Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

IS GAZINING SURUNKALI TA'SIRI SHAROITIDA OSHQOZON SHILLIQ QAVATIDA YUZAGA KELADIGAN GISTOSTRUKTURAL O'ZGARISHLAR

ABI

Аннотация

Annotatsiya. Maqsad. Uglerod(II) oksidining (is gazining) surunkali past dozali ta’siri natijasida oshqozon shilliq qavatida yuzaga keladigan gistostruktural o‘zgarishlarni o‘rganish hamda ularni qushqo‘nmas (Asparagus officinalis) o‘simligi moyi yordamida korreksiya qilish imkoniyatlarini baholash. Material va metodlar. Tadqiqot vivariy sharoitida zotsiz oq urg‘ochi kalamushlarda (n = 208) amalga oshirildi. Kalamushlar 4 guruhga bo‘lindi: I–nazorat (n = 40), II–is gazi ta’siri ostida (n = 54), III–is gazi + gulimansar damlamasi (n = 54), IV–is gazi + qushqo‘nmas moyi (n = 54). Is gazi 0,01–0,05 mg/l konsentratsiyada 2 oy davomida berildi. Histologik (Gematoksilin-eozin, Van-Gizon) va morfometrik tahlillar oshqozon shilliq qavati va uning qatlamlarida amalga oshirildi. Natijalar. Is gazining surunkali ta’siri ostida shilliq qavat qalinligi nazoratga nisbatan 23% ga, bezlar soni 30–35% ga kamaygani aniqlandi. Kollagen tolalar zichligi 3–4 baravar ortdi. Qushqo‘nmas moyi qo‘llangan guruhda (IV-guruh) shilliq qavat va mushak qavati tuzilmasining 85–90% gacha tiklangani qayd etildi. Gulimansar damlamasi qo‘llangan guruhda (III-guruh) tiklanish 10–15% atrofida bo‘ldi. Xulosa. Qushqo‘nmas (Asparagus officinalis) o‘simligi moyi is gazi ta’sirida shikastlangan oshqozon shilliq qavati to‘qimalarini tiklashda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Uning antioksidant va regenerativ xususiyatlari shilliq qavatning tuzilishini tiklashda gulimansarga nisbatan sezilarli ustunlikka ega bo‘lib, surunkali gaz zaharlanishida muhim korrektor vosita sifatida tavsiya etiladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0