JIGAR SIRROZI KASALLIGIDA HAZM QILISH BUZILISHLARI VA ULARNI DAVOLASH
Аннотация
Annotatsiya: Mazkur maqolada jigar sirrozi kasalligi bilan bog‘liq hazm tizimida yuzaga keladigan buzilishlar, ularning kelib chiqish sabablari, klinik ko‘rinishlari hamda zamonaviy davolash usullari haqida so‘z boradi. Bugungi kunda jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari, xususan, sirroz gepatologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Surunkali va o‘tkir gepatitlar, gepatozlar kabi jigar kasalliklarining rivojlanish mexanizmlari ko‘plab ilmiy ishlarda keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, jigar sirrozining rivojlanishida ichak mikroflorasi, ayniqsa patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning roli yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Jigar faoliyatining izdan chiqishi natijasida ovqat hazm qilish jarayonlari, ayniqsa oshqozon-ichak trakti funksiyalari sezilarli darajada buziladi, bu esa organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot natijalari jigar sirrozini davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda asos bo‘lishi mumkin.
Перевод пока недоступен