TOG'LI HUDUD AHOLISI ORASIDA EKSSUDATIV O'RTA OTITNING UCHRASHI, KLINIK XUSUSIYATLARI VA ASORATLARINI OLDINI OLISH CHORALARI
Аннотация
Annotatsiya. Ekssudativ o‘rta otit (EOO) — o‘rta quloq bo‘shlig‘ida yallig‘lanish belgilari yaqqol namoyon bo‘lmagan holda seroz yoki shilliq ekssudat to‘planishi bilan kechuvchi kasallik bo‘lib, eshitish pasayishining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi. Tog‘li hududlarda yashovchi aholi atmosfera bosimining pastligi, gipobarik gipoksiya, yuqori respirator infeksiyalarning tez-tez uchrashi hamda burun-halqum patologiyalarining keng tarqalganligi sababli ushbu kasallikka ko‘proq moyil bo‘ladi. Ushbu maqolada tog‘li hudud sharoitida ekssudativ o‘rta otitning uchrash chastotasi, rivojlanish mexanizmlari, klinik kechish xususiyatlari va asoratlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik yondashuvlar klinik tadqiqot natijalari asosida yoritilgan. Olingan natijalar tog‘li hudud aholisi orasida EOO ning erta aniqlanishi va kompleks profilaktik choralar qo‘llash muhimligini asoslaydi.
Перевод пока недоступен