UMURTQA POG'ONASI BEL SOHASI RADIKULOPATIYALARIDA TRANSFORAMINAL EPIDURAL BLOKADANING KLINIK SAMARADORLIGI
Аннотация
Annotatsiya. Bel umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari bilan bog‘liq radikulopatiya og‘riq sindromi va funksional cheklovlar bilan namoyon bo‘lib, aholi orasida keng tarqalgan klinik muammo hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi 2024-2025-yillarda Farg‘ona shahridagi «Meridian diagnostic hospital» klinikasida o‘tkazilgan transforaminal epidural blokadalarning klinik samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotga bel radikulopatiya tashxisi qo‘yilgan 25 nafar bemor jalb etildi: ularning 11 nafari L4-L5 segmentida, 10 nafari L5-S1 segmentida va 4 nafari L3-L4 segmentida degenerativ-distrofik kasalliklari muammolar aniqlangan. Og‘riq darajasi vizual analog shkala (Visual Analog Scale, VAS) yordamida, funksional holat esa Osvestri mehnatga layoqatsizlik indeksi (Oswestry Disability Index, ODI) yordamida baholandi. Olgan natijalarimiz blokadadan so‘ng og‘riq darajasining sezilarli pasayishi va funksional holatning yaxshilanishini ko‘rsatdi. Transforaminal epidural blokada bel radikulopatiyasini kam invaziv davolashning xavfsiz va samarali usuli sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Перевод пока недоступен