Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

OCHIQ KANALLARDA EKSPLUATATSION REJIMLARNI KOXONEN XARITALARI ASOSIDA IDENTIFIKATSIYA QILISH VA AXBOROT MODELINI SHAKLLANTIRISH

Adilbay Abatbaevich QudaybergenovMuxabbad Maxsetbaevna QazimbetovaBerdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiJadira Paraxat qizi IspanovaBerdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiRayxon Soliyboy qizi BekmurodovaBerdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
ABI

Аннотация

Ushbu tezisda ochiq irrigatsiya kanallaridagi ekspluatatsion rejimlarni sensor monitoringi ma’lumotlari asosida avtomatik aniqlash va ularni semantik teglash orqali axborot modeliga aylantirish usuli taklif etilgan. Tadqiqotda suv sarfi, yuqori va pastki b’ef sathlari, zatvor holati, nasos rejimi, talabdan og‘ish va yo‘qotish indikatorlari kabi vaqt qatorlari ko‘rsatkichlari ishlatiladi. Ularni tayyorlash jarayonida tozalash, agregatlash, normallash va belgilar fazosini shakllantirish bosqichlari bajariladi. Keyin Koxonenning o‘z-o‘zini tashkil etuvchi xaritasi asosida tipik ekspluatatsion holatlar klasterlarga ajratiladi va har bir klaster prototiplar orqali tavsiflanadi. Hosil bo‘lgan klasterlar predmet sohasi nuqtai nazaridan me’yoriy rejim, taqchillik holati, o‘tish rejimi va xavfli og‘ish kabi semantik teglar bilan boyitiladi. Shu tariqa mashinali tahlil natijasi formal axborot modeliga aylantirilib, talab–reja–fakt tahlili, kalibrlash, signallash va dispetcherlik qarorlarini qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratiladi. Taklif etilgan yondashuvning sifati kvantlash xatosi, topologik xatolik va klaster sifati ko‘rsatkichlari orqali baholanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0