Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

IRRIGATSIYA TARMOG'I GRAF MODELIDA SAMARADORLIK KOEFFITSIENTLARI ASOSIDA NETTO TALABNI BRUTTO REJAGA AVTOMATIK O'TKAZISH

Adilbay Abatbaevich QudaybergenovMuxabbad Maxsetbaevna QazimbetovaBerdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiJadira Paraxat qizi IspanovaBerdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiBaxodir Jandulla o'g'li RaxmatullayevBerdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
ABI

Аннотация

Ushbu tezisda irrigatsiya tarmog‘ini yo‘naltirilgan graf ko‘rinishida ifodalash asosida fermerlarning dekadaviy netto suv talabini manbadagi brutto reja hajmlariga avtomatik o‘tkazish usuli taklif etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi suv iste’molchilari, terminallar va kanal qirralari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni formallashtirish hamda tarmoqdagi tashish samaradorligi koeffitsientlarini hisobga olgan holda rejalashtirish hisoblarini avtomatlashtirishdan iborat. Ishda fermer kesimidagi netto talab ekin maydoni va dekadaviy sug‘orish me’yori asosida aniqlanadi, so‘ng ulush koeffitsientlari yordamida terminallarga taqsimlanadi. Keyin terminallardan manba tomon orqaga hisoblash orqali har bir qirra uchun kiruvchi brutto hajmlar va o‘rtacha sarflar hisoblanadi. Taklif etilgan yondashuv samaradorlik koeffitsientlarining o‘zgarishi manbada talab etiladigan umumiy suv hajmiga qanday ta’sir qilishini ssenariy asosida baholash imkonini beradi. Natijada ushbu hisoblash yadrosi suv resurslarini operativ rejalashtirish, limitlash masalalari va keyingi bosqichdagi ierarxik boshqaruv modellari uchun yagona «talab–reja» ma’lumot qatlamini shakllantiradi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0