PANDEMIYALAR VA BIOLOGIK TAHDIDLAR DAVRIDA FUQARO MUHOFAZASI: TIBBIY TIZIMNING BARQARORLIGI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Аннотация
Mazkur maqolada pandemiyalar va biologik tahdidlar sharoitida fuqaro muhofazasining strategik ahamiyati hamda uning sog‘liqni saqlash tizimi bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi kompleks tarzda tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan yangi biologik xavflar inson salomatligi, jamiyat barqarorligi va davlat xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, maqolada epidemiologik nazorat, erta ogohlantirish tizimlari, favqulodda vaziyatlarni boshqarish mexanizmlari hamda resurslarni samarali taqsimlash kabi muhim yo‘nalishlar yoritilgan.Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning pandemiyalarni boshqarishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida aholining hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligini oshirish va kelajakdagi biologik tahdidlarga tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Перевод пока недоступен