Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

TIBBIY PROFILAKTIKA YO'NALISHI O'QITUVCHILARINING OVQATLANISHINI GIGIYENIK TAHLILI

ABI

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada tibbiy profilaktika yo‘nalishi o‘qituvchilarining ovqatlanish ratsioni gigiyenik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti tibbiy-profilaktika fakulteti o‘qituvchilari kuzatuv usuli (anonim so'rovnoma, kunlik xronometraj ), ovqatlanish holatini baholash, antropometrik oʻlchovlar hamda obyektiv ma'lumotlar tahlili qo‘llanilgan. Natijalar o‘qituvchilarning ratsionida mikro- va makronutrientlar nomutanosibligi, meva va sabzavotlar iste'molining yetarli emasligi, shuningdek, yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlarga moyillik mavjudligini ko‘rsatdi. Aniqrog‘i, oqsillar va murakkab uglevodlarning yetishmasligi, to‘yingan yog‘lar va oddiy uglevodlarning me’yordan ortiqligi aniqlangan. Ushbu gigiyenik tahlil tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilarning ovqatlanish odatlari va ularning salomatligiga ta'siri to‘g‘risida muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Olingan natijalar o‘qituvchilarning sog‘lom ovqatlanishini ta'minlashga qaratilgan profilaktik choralar va ta'lim dasturlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0