ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI ASOSLARI VA UNING KELIB CHIQISH TARIXI
Аннотация
Insoniyat tarixida qilingan har qanday kashfiyotlar hamda tamaddun taraqqiyotining asosida ilmiy tadqiqot yotadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish jarayoni oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat bosqichining birinchi kursidanoq boshlanadi. O‘quv jarayonida talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga faol yo‘naltirish o‘quv rejasining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari bilan tanishtirishdan asosiy maqsad talabalarda zamonaviy jamiyatda fanning roli va o‘rni haqida tizimli tasavvurni hosil qilish, shuningdek ularda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Bunda talabalar hozirgi zamon fani, ilmiy bilish, ilmiy tadqiqot metodologiyasi asoslari, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari bilan tanishtiriladi; ularda ilmiy tadqiqot olib borish metodlari va metodikalari haqida tushunchalar shakllantiriladi; ilmiy ishlarni til va uslub talablari asosida rasmiylashtirish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Ushbu maqolada ilmiy tadqiqot va uning kelib chiqishi haqida fikrlar bildirilgan.
Перевод пока недоступен