Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

TA'LIM TIZIMIDA HUQUQIY ONGNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

ABI

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada ta’lim tizimida huquqiy ongni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda innovatsion metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Huquqiy ong jamiyat taraqqiyoti, fuqarolik mas’uliyati va huquqiy davlat barpo etishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, yosh avlodda huquqiy bilim, huquqiy madaniyat va qonunlarga hurmat hissini shakllantirish ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. Maqolada maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda huquqiy tarbiya masalalari, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, media savodxonlik, huquqiy targ‘ibot va amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, huquqiy ongni rivojlantirishda oila, mahalla, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy institutlarning hamkorligi muhimligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida huquqiy ongni shakllantirishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0