KABEL ISHLAB CHIQARISHDA RAQAMLI PREDIKTIV MODELLASHTIRISH VA JARAYON IMKONIYATINI OPTIMALLASHTIRISH METODOLOGIYASI (MATLAB, RSM, DOE)
Аннотация
Mazkur tezisda kabel ishlab chiqarish jarayonida sifat ko‘rsatkichlarini barqarorlashtirish, nuqsonlar ehtimolini kamaytirish va texnologik rejimlarni ilmiy asosda tanlash uchun MATLAB, DOE (Design of Experiments) va RSM (Response Surface Methodology) yondashuvlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash metodologiyasi yoritiladi. Prediktiv model ekstruder tezligi, tortish tezligi, harorat, bosim va material xususiyatlari kabi omillarning kabel diametri hamda izolyatsiya qalinligiga ta’sirini baholashga xizmat qiladi. Jarayon imkoniyati esa Cp, Cpk, CR, ZU, ZL, DPMO va Sigma darajasi orqali nazorat qilinadi. Taklif etilayotgan metodologiya kabel sanoatida raqamli transformatsiya, sifat menejmenti va resurslardan samarali foydalanish talablariga mos amaliy yechim sifatida qaraladi.
Перевод пока недоступен