Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

KICHIK BIZNES KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH OMILLARI NOMUTANOSIBLIGINING IQTISODIY XAVFSIZLIKKA TA'SIRINI BAHOLASH VA UNI BARTARAF ETISH MEXANIZMI

ABI

Аннотация

Maqolada kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarish omillari mutanosibligini ta'minlash orqali ularning iqtisodiy xavfsizligi va barqaror rivojlanishini mustahkamlashda ma'muriy mexanizmlarning ahamiyati tadqiq etilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi korxonalari misolida o'tkazilgan tahlillar ishlab chiqarish resurslari o'rtasidagi nomutanosibliklar korxonalar faoliyati samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi, shu bilan birga ularning iqtisodiy barqarorligi va xavfsizligiga muayyan xavflarni yuzaga keltirishini ko'rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqarish omillari holatini tizimli monitoring qilish, resurslardan samarali foydalanish va ularni qayta taqsimlash mexanizmlarini joriy etish hamda institutsional qo'llab-quvvatlash choralarini kuchaytirishga asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm taklif etildi. Ushbu mexanizmi amaliyotga joriy etish kichik biznes subyektlarida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, iqtisodiy xavflarni kamaytirish va korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Natijada kichik biznes faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligi oshishiga erishish mumkin.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0