QO'YLAR XLAMIDIOZINI IMMUNOLOGIK TAHLILI HAMDA ABORT BO'LGAN HOMILA TO'QIMASIDAGI PATOMORFOLOGIK O'ZGARISHLAR
Аннотация
UO‘K: 619:636.31:576.89:591.4 QO‘YLAR XLAMIDIOZINI IMMUNOLOGIK TAHLILI HAMDA ABORT BO‘LGAN HOMILA TO‘QIMASIDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR Navruzov N.I. v.f.f.d., katta ilmiy xodim, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Hamroqulov N.Sh. v.f.f.d., katta ilmiy xodim, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Aktamov U.B. kichik ilmiy xodim, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.20107309 Annotatsiya: Maqolada tug‘ishiga qisqa muddat qolgan va abort qilgan qo‘ylarning qon zardobida xlamidioz kasalligida (Chlamydia abortus ovis) immunologik tahlil natijalarini optik zichlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Chlamydia abortus ovisning qo‘ylar organizmida surunkali va o‘tkir shaklda kechishini IgG va IgM turlarini Qozog‘iston Davlatining “MVA GROUP” qo‘shma korxonasining test to‘plamida tekshirilgan natijalari va ularga matematik ishlov berilgan ko‘rsatkichlar keltirilgan. Tadqiqotlarni bajarish uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani “Rohat” fermer xo‘jaligi shuningdek mazkur tuman aholisining shaxsiy qo‘ylarida hamda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Turon” Qoraqo‘lchilik MChJlarida tug‘ish davridan 12-14 kun avval abort qilgan va chala rivojlangan homilalarni immunologik, serologik hamda patomorfologik tahlillarning natijalari keltirilgan. Shuningdek Chlamydia abortus ovisdan nobud bo‘lgan 140-150 kunlik homilalarni ichki a’zolarida patologoanatomik hamda gistologik o‘zgarishlari haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: xlamidioz, abort, homila, Chlamydia abortus ovis, optik zichlik, salbiy natija, IgG-immunoglobulin, C-reaktiv oqsil, antigen, immun tizim, ijobiy natija, substrat oqsil, parafin, glitserin, qon zardobi, IgM-immunoglobulin, ichki a’zo, gematoksilin, eozin, ELISA, test to‘plami, giperemiya, polimorf hujayra, dozator, xromogen, antitelo, immunofermentli tahlil, kon’yugat, distrofiya, infiltratsiya, miokard, atelektaz.
Перевод пока недоступен