DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
Аннотация
Xalqaro Jinoyat Sudi (keyingi o‘rinda – XJS) – bu hozirgi vaqtda yagona doimiy ishlovchi xalqaro jinoyat tribunaldir. Sud 1998-yil 17-iyulda qabul qilingan va 2002-yil 1-iyulda kuchga kirgan Rim statuti asosida tashkil etilgan bo‘lib, “butun xalqaro hamjamiyatni tashvishga soluvchi eng og‘ir jinoyatlar” uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishni o‘ziga vazifa qilib oladi[1]. Hozirgi paytda Sud yurisdiksiyasiga to‘rt turdagi jinoyat – genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va tajovuz jinoyati kiradi. 2024-yil 9-sentabrda Tinch okeani orollari davlatlari Vanuatu, Fiji va Samoa tomonidan BMT Bosh kotibiga taqdim etilgan rasmiy taklif esa beshinchi tarkibni – ekotsidni – bu ro‘yxatga qo‘shishni nazarda tutadi. Mazkur tezis ana shu yangi yurisdiksion taklifning huquqiy nuqtai nazardan o‘zining ichki muammolari va cheklovlarini sanab o‘tib, polemik tahlil qilishni maqsad qiladi. [1]Rome Statute of the International Criminal Court (qabul qilingan 1998-yil 17-iyul, kuchga kirgan 2002-yil 1-iyul), 2187 UNTS 90, Preambula va 1-modda.
Перевод пока недоступен