Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

Boltsman tezliklar taqsimot funksiyasini davra suhbati metodi asosida o'rgatish

Qodirjonov Xurshidbek FurqatjonFargʻona davlat universiteti
ABI

Аннотация

Mazkur ilmiy-uslubiy ishda statistik fizikaning fundamental qonuniyatlaridan biri hisoblangan Boltsman tezliklar taqsimot funksiyasini oliy ta'lim muassasalarida o'qitishning samarali yo'llari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi - murakkab matematik-fizik model sifatida qaraluvchi Maksvell-Boltsman taqsimotini talabalarga chuqur, tizimli va ongli ravishda o'zlashtirishni ta'minlaydigan pedagogik yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.Ishda an'anaviy ma'ruza usulining chegaralangan imkoniyatlari asoslab berilib, uning o'rniga interfaol ta'lim texnologiyalaridan biri bo'lgan davra suhbati metodining afzalliklari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritiladi. Xususan, mazkur metod orqali talabalar nafaqat tayyor bilimlarni qabul qiluvchi subyekt, balki bilimlarni mustaqil ravishda konstruksiya qiluvchi faol ishtirokchi sifatida shakllanishi ko'rsatib beriladi.Tadqiqot davomida Boltsman taqsimot funksiyasining matematik ifodasi, uning ehtimollik tabiatiga asoslanganligi, termodinamik kattaliklar bilan uzviy bog'liqligi hamda mikro- va makroholatlar o'rtasidagi munosabatlari chuqur tahlil etiladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0