Nanozarrachalarda sirtiy energiya, fazaviy barqarorlik va termodinamik xossalarning o'lchamga bog'liqligi
Аннотация
Mazkur maqolada nanozarrachalarning fizik-kimyoviy xossalarida sirtiy energiyaning tutgan o'rni, fazaviy barqarorlikning zarracha o'lchamiga bog'liqligi hamda klaster tuzilmalarining o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Nanoo'lchamli tizimlarda hajmiy energiyaga nisbatan sirtiy energiyaning ulushi ortishi natijasida moddaning yirik holatiga xos bo'lmagan fazalar yuzaga kelishi mumkinligi ko'rsatiladi. Shuningdek, klasterlarda atomlar sonining kamayishi ularning tuzilishi va energetik barqarorligiga kuchli ta'sir ko'rsatishi, ayniqsa ikosaedrik konfiguratsiyalarning kichik klasterlar uchun ustunligi izohlanadi. Maqolada Gibbs kapillyarlik nazariyasi, Laplas bosimi, Tomson–Gibbs tenglamasi va zarrachalarning erish temperaturasining o'lchamga bog'liqligi nazariy jihatdan yoritiladi.
Перевод пока недоступен