ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING XIZMAT-MEHNAT MUNOSABATLARINI VUJUDGA KELTIRUVCHI YURIDIK FAKTLARNING MAZMUN-MOHIYATI
Аннотация
Ushbu maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat-mehnat munosabatlarini vujudga keltiruvchi yuridik faktlarning nazariy-huquqiy mohiyati hamda ularning amaliy ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yuridik faktlarning xizmat-mehnat munosabatlaridagi o‘rni, xususan xizmat-mehnat munosabatlarining markaziy huquqiy asos sifatidagi roli asoslab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–10 va PQ–3413-son qarorlari doirasida ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlar, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi o‘rganilib, ularni milliy qonunchilikka joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ichki ishlar organlari tizimida xizmat-mehnat munosabatlarini takomillashtirish va huquqiy tartibga solishni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен