Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

SUN'IY INTELLEKT SHAROITIDA O'QUVCHILARNING KOGNITIV JARAYONLARI: PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA SOTSIOLOGIK MUAMMOLAR

ABI

Аннотация

Mazkur maqolada sun'iy intellekt (Artificial Intelligence — AI) texnologiyalarining ta'lim tizimiga kirib kelishi natijasida o'quvchilarning kognitiv jarayonlarida yuz berayotgan o'zgarishlar pedagogik, psixologik va sotsiologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida SI texnologiyalarining diqqat, xotira, tafakkur, mustaqil fikrlash va motivatsiya jarayonlariga ta'siri o'rganildi. Shuningdek, ta'lim tizimida AI vositalaridan foydalanish bilan bog'liq muammolar hamda ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiy takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari SI texnologiyalaridan oqilona foydalanish o'quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishini ko'rsatadi. XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta'lim tizimida tub o'zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ayniqsa, sun'iy intellekt (Artificial Intelligence — AI) texnologiyalarining keng qo'llanilishi o'quvchilarning bilim olish jarayonini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bugungi kunda generativ sun'iy intellekt modellari (Generative AI models), xususan ChatGPT, Gemini, Grok, Copilot kabi tizimlar nafaqat axborot izlash, balki mustaqil ta'lim olish, matn yaratish, tahlil qilish va muammolarni hal qilish jarayonlarida ham faol qo'llanilmoqda. SI texnologiyalarining ta'lim tizimiga integratsiyasi individual yondashuvni rivojlantirish, o'quvchilarning qiziqishini oshirish hamda o'qitish samaradorligini yaxshilash imkonini bermoqda. Shu bilan birga, mazkur texnologiyalar o'quvchilarning kognitiv faoliyatiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Ayrim tadqiqotchilar SI vositalari tafakkur va kreativlikni rivojlantiradi deb hisoblasalar, boshqalar tayyor javoblarga haddan tashqari tayanish mustaqil fikrlashni sustlashtirishi mumkinligini ta'kidlaydilar.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0