Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

Umbilicaria americana lishaynigining kimyoviy tarkibini o'rganish va undan atranorinni ajratib olish

ABI

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada Umbilicaria americana lishaynigining kimyoviy tarkibi zamonaviy ekstraksion, xromatografik va spektral usullar kompleksi yordamida o'rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida O'zbekiston, Ohangaron tumanidagi «Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog'i» nomidagi Ohangaron o'rmon xo'jaligi hududidan yig'ib olingan U. americana namunasi xizmat qildi. Lishaynik kukunidan qutblilik darajasi ortib boruvchi erituvchilar (n-geksan, xloroform, atseton) yordamida bosqichli ekstraksiya o'tkazilib, eng yuqori chiqim (6,8 ± 0,3%) atseton ekstrakti uchun olindi. Preparativ silikagel ustun xromatografiyasi va metanolda qayta kristallanish natijasida asosiy ikkilamchi metabolit — atranorin toza holatda 185 mg miqdorda ajratib olindi. Birikma UB, IQ, ¹H- va ¹³C-YMR spektroskopiya ma'lumotlari majmuasi yordamida ishonchli identifikatsiya qilindi. Olingan natijalar U. americana ning kimyotaksonomik xarakteristikasini boyitadi va ajratib olingan atranorinning antimikrob, antioksidant va yallig'lanishga qarshi faollik nuqtai nazaridan farmatsevtik istiqbollarini ochib beradi. Bu O'zbekiston sharoitida yig'ilgan U. americana namunasidan atranorinni ajratib olish va to'liq spektral xarakterlash bo'yicha dastlabki tadqiqotlardan biri hisoblanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0