BOLALAR SEREBRAL FALAJIDA SURUNKALI PNEVMONIYA OQIBATIDA O'PKDA RIVOJLANGAN FIBROTIK O'ZGARISHLARNING MORFOLOGIK TAHLILI
Аннотация
Annotatsiya. Bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda surunkali pnevmoniya nafas tizimi asoratlari orasida muhim o‘rin tutadi hamda o‘lim ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi surunkali pnevmoniya oqibatida rivojlangan o‘pka fibrozining morfologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosida retrospektiv usulda olib borildi. Tekshiruv materiali sifatida bolalar serebral falaji bilan og‘rigan va surunkali pnevmoniya oqibatida vafot etgan bolalarning autopsiya materiallari hamda gistologik preparatlari o‘rganildi. Gistologik kesmalar gematoksilin-eozin va Van Gieson usullarida bo‘yalib mikroskopik tahlil qilindi. Tekshiruv davomida interstitsial va peribronxial fibroz, perivaskulyar skleroz, alveolalararo septalarning qalinlashuvi hamda pnevmosklerotik deformatsiyalar aniqlanishi kuzatildi. Ayrim hollarda surunkali yallig‘lanish infiltratsiyasi va atelektatik o‘choqlar qayd etildi. Aniqlangan morfologik o‘zgarishlar surunkali respirator yetishmovchilik rivojlanishida muhim patomorfologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен