Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

O'ZBEKISTONDA PENSIYA TIZIMINI ZAMONAVIY TALABLARGA MOSLASHTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Gavxar ZokirovaTermiz davlat universiteti, Moliya kafedrasi oʻqituvchisi
ABI

Аннотация

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amaldagi pensiya tizimining institutsional va moliyaviy asoslari chuqur tahlil qilinadi hamda uni zamonaviy iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish zarurati ilmiy asoslanadi. Xususan, demografik o‘zgarishlar, aholining qarish tendensiyasi, norasmiy bandlikning yuqori darajasi va raqamli iqtisodiyot sharoitida pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash dolzarb masala sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida pensiya tizimining amaldagi “taqsimot” modelining cheklovlari aniqlanib, uni diversifikatsiya qilish zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, pensiya tizimini isloh qilish doirasida ko‘p pog‘onali modelni joriy etish, jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarini rivojlantirish, raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish hamda investitsion boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari pensiya tizimining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0