KREMNIYORGANIK QOPLAMALAR ASOSIDA FUNKSIONAL HIMOYA MATERIALLARI
Аннотация
Ushbu maqolada kremniyorganik birikmalar asosida suv va changga chidamli, shuningdek yonmaydigan xossalarga ega bo‘lgan mato va charm materiallarini olishning ilmiy asoslari va mexanizmlari o‘rganilgan. Kremniyorganik polimerlarning (xususan, polisiloksanlar va organosilanlar) gidrofob, liofob va termik barqarorlik xossalari tahlil qilinib, ularning sirt energiyasini kamaytirish orqali materiallarning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib berildi. Tadqiqotda Zol-gel texnologiyasi, nanokompozit qoplamalar va kimyoviy modifikatsiya usullarining samaradorligi ham ko‘rib chiqildi. Olingan natijalar kremniyorganik qoplamalar asosida yaratilgan materiallar sanoat, qurilish, to‘qimachilik va charm ishlab chiqarish sohalarida yuqori amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi
Перевод пока недоступен