MUSIQA TA'LIMINING BOLALAR RIVOJLANISHIGA TA'SIRI: QIYOSIY TADQIQOT ASOSIDA NAZARIY TAHLIL
Аннотация
Ushbu maqola musiqa ta’limining bolalar jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’sirini xalqaro tadqiqotlar, xususan Estoniya va Finlyandiya tajribasiga asoslanib nazariy jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqa ta’limi bolalarning til ko‘nikmalarini, xotirasini, diqqatini va matematik tafakkurini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, musiqa bolalarning hissiy tartibga solish qobiliyatini mustahkamlab, ijtimoiy aloqalar o‘rnatishiga yordam beradi. Maqolada musiqa ta’limining milliy o‘quv dasturlaridagi o‘rni, maktabgacha ta’limdan o‘rta maktabgacha bo‘lgan davomiylik masalalari va o‘qituvchilar kompetentsiyasi ham ko‘rib chiqiladi
Перевод пока недоступен