INFORMATIKA FANINI O'QITISHDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISH VA ULARNI DARS JARAYONIGA TATBIQ ETISH
Аннотация
Mazkur maqolada informatika fanini o‘qitishda innovatsion metodlarni ishlab chiqish hamda ularni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli jamiyat sharoitida ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan yangi talablar, xususan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda asoslangan qaror qabul qilish, axborotni izlash, tahlil qilish va undan samarali foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada innovatsion pedagogik yondashuvlarning nazariy asoslari yoritilib, informatika fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim hamda o‘yin texnologiyalarining didaktik mazmuni va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, mazkur metodlarni ishlab chiqish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy tamoyillar, jumladan, maqsadga yo‘naltirilganlik, tizimlilik, individual yondashuv va texnologik yondashuvning ilmiy-pedagogik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.
Перевод пока недоступен