O'SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVINING O'RGANILISH TARIXI VA UNI ZAMONAVIY USULLAR YORDAMIDA TADQIQ ETISH
Аннотация
Ushbu maqolada o‘simlik organizmida suv, mineral moddalar va assimilyatlarning tashilish mexanizmlarini o‘rganishning tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda zamonaviy tadqiqot usullari atroflicha tahlil qilinadi. Maqolada XVII asrda shakllangan dastlabki anatomik va fiziologik qarashlardan boshlab, hozirgi davrdagi biofizik, radioizotop, biofotonik hamda molekulyar-genetik yondashuvlargacha bo‘lgan ilmiy rivojlanish jarayoni yoritiladi. Shuningdek, moddalarning o‘simliklarda tashilishini chuqur anglash qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va global iqlim o‘zgarishiga chidamli ekin navlarini yaratish nuqtayi nazaridan muhim amaliy ahamiyatga ega ekani asoslab beriladi.
Перевод пока недоступен