HARBIY XIZMATCHILARDA YUQORI JISMONIY VA PSIXOEMOTSIONAL YUKLAMALAR SHAROITIDA STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING SHAKLLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI PATOGENETIK OMILLARNING NAZARIY TAHLILI
Аннотация
Mazkur maqolada harbiy xizmatchilar organizmiga ta’sir etuvchi yuqori jismoniy va psixoemotsional yuklamalarning stomatologik kasalliklar rivojlanishidagi patogenetik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Harbiy xizmat faoliyati doimiy tayyorgarlik, yuqori darajadagi mas’uliyat, ekstremal iqlim sharoitlari, uzoq muddatli jismoniy zo‘riqish hamda surunkali stress bilan tavsiflanadi. Ushbu omillar organizmning neyroendokrin, immunologik va metabolik tizimlarida chuqur funksional o‘zgarishlarni yuzaga keltirib, og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarining rezistentligini pasaytiradi. Natijada kariyes, gingivit, parodontit, temporomandibulyar bo‘g‘im disfunksiyalari, bruksizm, og‘iz shilliq qavati kasalliklari hamda so‘lak bezlari faoliyati buzilishlari rivojlanish xavfi ortadi. Ilmiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy kontingentlarda stomatologik kasalliklar tarqalishi umumiy aholi ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, bunda stress-induksiyalangan immunosupressiya, oksidlovchi stress, mikrosirkulyatsiya buzilishlari va mineral almashinuvdagi o‘zgarishlar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, kortizol sekretsiyasining ortishi natijasida mahalliy immun himoya omillari susayadi va periodontal to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlari kuchayadi. Shu bilan birga, harbiy xizmat davrida ovqatlanish tartibining buzilishi, suvsizlanish, uyqu yetishmovchiligi va gigiyenik tadbirlarning cheklanishi stomatologik patologiyalar rivojlanishini jadallashtiruvchi qo‘shimcha omillar sifatida namoyon bo‘ladi.
Перевод пока недоступен