TAVFIQ FAYAD HIKOYALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Аннотация
Ushbu maqolada Tavfiq Fayad hikoyalari lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinib, ularning leksik-semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Adibning badiiy uslubi, uning asarlaridagi til boyligi, sinonimik, antonimik, polisemantik munosabatlar va kontekstga xos metafora, metonimiya hamda boshqa badiiy vositalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tavfiq Fayad ijodida xalq tiliga xos iboralar va frazeologizmlarning milliy ruhni ifodalashdagi o‘rni, shuningdek, arab madaniyatiga xos lingvistik birliklarning ma'noviy chuqurligi o‘rganiladi. Tadqiqot davomida Tavfiq Fayad hikoyalarida uchraydigan lingvistik birliklarning milliy va madaniy xususiyatlari o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan o‘xshash elementlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Bu orqali arab va o‘zbek tillarining badiiy ifoda imkoniyatlari, milliy o‘ziga xosligi va ularning badiiy adabiyotda qanday aks etgani aniqlanadi. Shuningdek, Tavfiq Fayad hikoyalarida ishlatilgan lingvistik birliklarning badiiy matn mazmunini chuqurlashtirishga va o‘quvchida kuchli estetik ta’sir uyg‘otishga xizmat qilishi ochib beriladi. Maqolada Tavfiq Fayad hikoyalari tahlili orqali arab tili leksikasining boyligi, semantik rang-barangligi va ma’no ifoda qilishdagi badiiy imkoniyatlari yoritilib, bu o‘zbek tilidagi lingvistik xususiyatlar bilan qiyoslanadi. Ushbu tahlillar arab va o‘zbek tillarining lingvistik va madaniy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganishga zamin yaratadi. Tadqiqot natijalarida Tavfiq Fayad hikoyalari orqali arab tili badiiy ifoda imkoniyatlarining keng qamrovli va sermazmun ekanligi ochib beriladi.
Перевод пока недоступен