Koreys tilidagi yorqin mazmunli gazeta matnlari: emotsional va semantik dominantalar psixolingvistik tahlili
Аннотация
Ushbu maqolada koreys tilidagi yorqin mazmunli gazeta matnlari psixolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsional va semantik dominantalarning matn mazmunini shakllantirishdagi o‘rni, ijobiy kayfiyatni yuzaga keltiruvchi leksik va grammatik vositalarning funksional xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, koreys gazeta matnlari tarkibidagi ijtimoiy birdamlik, xayriya, mehr-oqibat va o‘zaro yordam g‘oyalari o‘quvchida ijobiy emotsional rezonans yaratib, matnning kommunikativ ta’sirchanligini oshiradi. Shu jihatdan, koreys tilidagi yorqin mazmunli matnlarning psixolingvistik tahlili matnshunoslik va kommunikatsiya tadqiqotlari uchun muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Перевод пока недоступен