Перейти к основному содержанию
Статья

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA RAQAMLI SAVDO TIZIMLARINING INNOVATSION RIVOJLANISHI

Sayyora KhamraevaKarshi State Technical University
2026
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalarining raqamli savdo tizimlari rivojlanishidagi o‘rni hamda iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda recommendation systems, Machine Learning, NLP chatbotlar, Computer Vision, predictive analytics va intellektual logistika texnologiyalarining elektron tijorat tizimlarida qo‘llanilish mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, Frontend, Mid-office va Backend bloklaridan tashkil topgan intellektual raqamli savdo ekotizimining funksional imkoniyatlari tahlil qilinib, AI asosidagi boshqaruv tizimlarining biznes jarayonlarini optimallashtirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalari elektron savdo samaradorligini oshirish, mijozlarga shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish, logistika xarajatlarini kamaytirish hamda raqobatbardosh raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

Перевод пока недоступен

Идентификаторы

Цитирования и источники