O'QISH DARSLARIDA O'QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISH IMKONIYATLARI
Аннотация
Ma`lumki, nutq o‘stirish maktabda ona tili o‘quv predmetining asosiy vazifasi hisoblanadi. Biroq bu vazifa boshqa o‘quv predmetlari doirasida ham amalga oshiriladi. Jumladan, o‘qish darslari jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Bizningcha, bu imkoniyatlar quyidagilardan iborat: 1. O‘qish kitobidagi matnlarni o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zi uchun notanish bo‘lgan ko‘plab so‘zlar va ularning ma`nosini o‘rganadi, ya`ni ularning so‘z boyligi oshadi. O‘qituvchi bunday so‘zlarni izohlash bilan kifoyalanmay, o‘quvchilarga ular ishtirokida so‘z birikmasi, gap ham tuzdirsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. SHunday qilinsa, yangi so‘zlar o‘quvchilarning faol lug‘atiga kiradi. 2. Badiiy asarlarda so‘zning ko‘chma ma`noda qo‘llanishi ko‘p uchraydi. Badiiy matnda ko‘chma ma`noda qo‘llangan so‘zlar ustida quyidagicha ish olib borish mumkin: 1) matndan ko‘chma ma`noda qo‘llangan so‘zni topish. O‘qituvchi bu ishni o‘quvchilarning o‘ziga bajartirsa, o‘quvchining mustaqil fikrlashi va faolligi ortadi; 2) ko‘chma ma`noda qo‘llangan so‘z ma`nosini izohlash. Bunda so‘zning ko‘chma ma`nosi o‘z ma`nosi bilan qiyoslab tushuntiriladi.
Перевод пока недоступен