Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “YAXSHILIK” KONSEPTINI IFODALOVCHI MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

ABI

Аннотация

Ushbu maqola til va madaniyat muammolaridagi eng muhim lingvistik masalalardan biri bilan bog‘liq. Ikki tildagi maqollarni qiyosiy tahlil qilish jarayonida xalqning mentaliteti va milliy xarakteri asosiy yetakchi hisoblanadi. Shu o‘rinda ingliz va o‘zbek xalqining o‘ziga xos mentaliteti va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda tildagi maqollar ixcham va ifodali tarzda xalqlarning milliy o‘zligini ko‘rsata oladi. Ingliz maqollarini o‘zbek tiliga yoki o‘zbek maqollarini ingliz tiliga tarjima qilish va maqollarning muqobil variantlarini keltirish jarayonida aynan ma’no mazmunini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi “yaxshilik” tushunchasini maqollar orqali amalga oshirilishi misollari orqali tahlil qilingan. Millat ma’daniyatini, xalqning o‘zligini anglatuvchi, milliy qadryatlarini aks ettiruvchi omillardan biri bu xalq og‘zaki ijodi bo‘lib, u faqat shu xalqqa xosdir. Ma’lumki, turli madaniyatlar bir xil madaniy hodisalarga turlicha qarashlarga ega. Bu tushunchalarni ifodalash usullari ham farq qilishi mumkin. Maqollar u yoki bu xalqqa oid tarixiy, madaniy ma‘lumotlarni yetkazish va saqlashda asosiy rol o‘ynaydi. Madaniyat va til masalalari o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish juda muhimdir.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники