O‘zbekistonda ichki ishlar organlari tizimining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari
Аннотация
Maqolada ichki ishlar organlari tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, jarayonlari hamda faoliyatining kelgusidagi rejalari ko‘rsatib o‘tilgan. Ma’lumki, ichki ishlar organlari jamiyatda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli va ko‘p qirrali faoliyatni amalga oshiruvchi tizim hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi qariyb uch ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan o‘zbek davlatchiligi tarixida jamiyatning xavfsizligi, yurt tinchligi va osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi, xalqning erki va ozodligi, madaniy taraqqiyotini ta’minlash uchun ichki ishlar tizimiga ehtiyoj katta bo‘lganligini ochib berish. Tadqiqot usullari: umumiy, ilmiy, shu jumladan mantiqiy, arxiv manbalari, hujjatlar mazmunini tahlil qilish. O‘tgan qisqa davr ichida shonli ichki ishlar organlari tizimi va uning faoliyatini tubdan yaxshilash, yangilash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bugungi kunda ichki ishlar organlari safida ona Vatanimizni chin dildan sevadigan, burchiga sadoqatli muqaddas zaminimizdagi tinch va osuda hayotni ta’minlab beradigan eng munosib xodimlar qilib tarbiyalash zarur.
Перевод пока недоступен