TALABALARDA AKADEMIK KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA MUSTAQIL O'RGANISH FAOLIYATINING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI
Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning akademik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida mustaqil o‘rganish faoliyatining pedagogik samaradorligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi hamda mustaqil ta’limni tashkil etish mexanizmlarining ta’lim sifati va natijadorligiga ta’siri o‘rganildi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mustaqil o‘rganish faoliyati talabalarda tanqidiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, axborotni tahlil qilish va ilmiy izlanish olib borish kompetensiyalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni oliy ta’lim jarayoniga tizimli va maqsadli joriy etish akademik kompetensiyalarni shakllantirishda muhim pedagogik omil ekanligini tasdiqlaydi.
Перевод пока недоступен