OʻZBEK TILI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA PERIFRAZALARNING QOʻLLANILISHI VA LINGVOSTILISTIK XUSUSIYATLARI
Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek tili ommaviy axborot vositalarida perifrazalarning qo‘llanilishi hamda ularning lingvostilistik xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda gazeta-jurnal matnlari, elektron OAV va internet nashrlarida uchraydigan perifrazalarning asosiy turlari, funksional vazifalari va kommunikativ imkoniyatlari yoritiladi. Perifrazalarning axborotni ifodalashdagi o‘rni, matnning ifodaviyligi va emotsional-ta’sirchanligini oshirishdagi roli aniqlanadi. Shuningdek, perifrazalar orqali muallifning baholovchi munosabati, stilistik niyati hamda auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari perifrazalarning OAV nutqida muhim lingvostilistik vosita ekanligini tasdiqlaydi hamda funksional stilistika va media tilshunosligi sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Перевод пока недоступен