ABDULLA QAHHOR: MILLAT RUHINI IFODALAGAN IJODKOR VA MA'NAVIY TARBIYANING KUCHLI TARG'IBOTCHISI
Аннотация
Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri bo’lgan Abdulla Qahhor ijodi yangicha yondashuv asosida tahlil qilinadi. Muallif adib hayoti va ijodiga oid kam e’tibor qaratilgan jihatlar, uning adabiyotdagi so’z qo’llash uslubiyati, o’z asarlarida qo’llagan satira va realizm tamoyillarining uyg’unligi va asar qahramonlarining ruhiyatini tasvirlanishi, shu bilan birga bugungi kun yoshlari uchun adib qoldirib ketgan adabiy merosning ijobiy tomonlarini yoritib beradi. Maqolada adibning asarlari satira orqali jamiyatdagi kamchiliklarni ochiqchasiga ko’rsatilishi va insonlar o’rtasidagi ziddiyatlar, poraxo’rlik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarni hajv va kinoya orqali bartaraf etilishi ko’rsatib beriladi. Realizm uslubiyati orqali esa asar voqea va hodisalarini imkon qadar ob’yektiv ya’ni bo’rttirmasdan, haqiqatga yaqin tarzda tasvirlanishi namoyon bo’ladi. Maqolaning asosiy maqsadi Abdulla Qahhor ijodining bugungi kunda qayta o’qilishi insonlarga va ayniqsa yosh kitobxonlarga ta’sirini ochib berish hisoblanadi.
Перевод пока недоступен