MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANISH MARKAZLARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Аннотация
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birinchi va eng muhim bosqichi hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaning intellektual, jismoniy, ijtimoiy-emotsional va nutqiy rivojlanishiga mustahkam poydevor qo‘yiladi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri — bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularning erkin rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim muhitini yaratishdir. Shu nuqtai nazardan, guruhlarda rivojlanish markazlarini tashkil etish muhim pedagogik yechim sifatida qaraladi. Rivojlanish markazlari bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda jihozlangan faoliyat hududi bo‘lib, ular orqali bolalar mustaqil, yarim mustaqil hamda hamkorlik asosida faoliyat olib boradilar. Bu jarayon bolalarning qiziqishi, tashabbuskorligi va faolligini oshiradi.
Перевод пока недоступен